Qishga tayyorgarlik bahona Toshkentda yana svet o‘chiriladi(mi?) 

Jamiyat

image

Ertaga, 2 avgust kuni poytaxtning bir nechta mahallalari elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi:

• Yakkasaroy tumani: “To‘qimachi” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

• Yashnobod tumani: “Ibrat” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi aholidan uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 1 avgust kuni ham poytaxtning Chilonzor va Bektemir tumanlarida uzoq vaqt davomida foydalanishda bo‘lgan elektr ta’minoti kabellari, transformatorlarni modernizasiya qilish hamda shu orqali iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida “svet” o‘chirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing