Qirolicha Yelizaveta II ning jiyani qamoq jazosiga hukm qilindi
Olam
−
24 fevral 2021
4412Buyuk Britaniyalik aristokrat, Stratmor va Kingxorn grafi, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning jiyani Saymon Bouz-Layon zo‘rlashga uringani uchun 10 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda "Sky News" xabar bergan.
34 yoshli Bouz-Layon Shotlandiyadagi oilaviy qasrida bir qizga hujum qilganini tan olgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning fevral oyida u tunda mehmonlarning xonasiga kirgan va qiz qarshilik ko‘rsatishga uringaniga qaramay, uning kiyimlarini yirtib tashlagan.
Qiz uni xonadan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘lgan va qasrdagi tanishlaridan yordam so‘ragan.
Sud jarayonida graf qizdan kechirim so‘ragan.
U bu qilmishini o‘sha paytda mast bo‘lgani bilan izohlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Yelizaveta II ning onasi Stratmor va Kingxorn graflari oilasiga mansub bo‘lgan.
LiveBarchasi