“Qirol taxtga o‘tirib, pastdagilarga qaraydi va ularga buyruq beradi” — Putin

Olam

image
Putin – qirol, Rossiya – monarxiya bo‘ladimi? north_east

Putin – qirol, Rossiya – monarxiya bo‘ladimi?

Rossiyaning TASS nashri “Vladimir Putinga 20 ta savol” loyihasida mamlakat rahbari bilan suhbatlashdi. Ushbu suhbatda Prezident uni qirol, deb atashayotganiga o‘z munosabatini bildirdi.

“Bu noto‘g‘ri... Men har kuni ishlayman, men hukmronlik qilmayman".

Uning qo‘shimcha qilishicha, “qirol — bu taxtga o‘tirib, yuqoridan quyida o‘tirganlarga qaraydi va shunday deydi: “Bu yerda men buyruq beraman va u yerda nimadir qilishadi. O‘zi esa bosh kiyimlarini kiyib ko‘rib, faqat ko‘zguga termuladi”.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2024 yil mamlakat rahbarligi uchun bo‘ladigan saylovlarda Putin nomzodi ilgari surilishi masalasiga munosabat bildirgan edi.

“Avvalo, 2024 yilgacha ancha vaqt bor. Putinni biror joyga kuzatib qo‘yishga hojat yo‘q. Qilinadigan boshqa ishlar ko‘p. Bu mavzuda Prezidentning o‘zi quyidagi fikrni bildirdi: “2024 yil kelsin – ko‘ramiz”, degan Dmitriy Peskov.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin

Baholaganlar

469

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing