Qirg‘izistondagi OTMga imtihonsiz olib kirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh tibbiyot universitetiga imtihonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marg‘ilon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ya.A. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh tibbiyot universitetiga kirish imtihonlarisiz o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1200 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Marg'ilon

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing