Qirg‘izistonning bir necha shaharlarida mitinglar bo‘lib o‘tmoqda

Olam

image

Bozorlarda nazorat-kassa mashinalaridan majburiy foydalanishga qarshi mitinglar nafaqat Bishkekda, balki O‘sh, Talas va Qorako‘l shaharlarida ham bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Mahalliy bozor savdogarlari soliq to‘lovlarini o‘zgartirishga qarshi. Ular rasmiylardan patent bo‘yicha ishlashni davom ettirishga ruxsat berishlarini so‘ramoqda.

Kecha, 30 noyabr kuni mamlakat poytaxtidagi “Dordoy” bozori va O‘sh viloyatidagi “Qorasuv” bozorida miting bo‘lib o‘tgan.

Bugun, 1 dekabrda Bishkekda “Olamedin” bozorida ishlayotgan tadbirkorlar, shuningdek, “Orto-Say” va “Madina” bozorlari ishchilari miting o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 1 yanvardan Qirg‘izistonda savdo faoliyati uchun patent bekor qilinadi. “Dordoy” va “Qorasuv” bozorlari alohida soliq rejimiga o‘tmoqda. Unda mazkur bozorlarda nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilmasligi, soliq miqdori tovar aylanmasiga bog‘liq bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Bunday holda, savdo faqat bozor ichida mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bishkekdagi “Dordoy” bozoridagi miting va mushtlashuvdan so‘ng savdogarlardan biri qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek miting Qorako'l O'sh Talas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing