Qirg‘izistonning 7 millioninchi fuqarosi tug‘ildi. Japarov unga nima sovg‘a qildi?

Olam

image

Qirg‘izistonda respublikaning yetti millioninchi fuqarosi tug‘ildi. Bu haqda bugun, 19 oktyabr kuni Respublika Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Qirg‘izistonning yetti millioninchi fuqarosi 19 oktyabr kuni soat 2:10 da Botken viloyatining Qizil-Qiya shahrida tug‘ilgan o‘g‘il bola bo‘ldi. 

Prezident Sadir Japarov chaqaloqning ota-onasini telefon orqali tabriklab, bolaga mustahkam sog‘lik, uzoq umr tiladi. 

Davlat rahbari yetti millioninchi fuqaro o‘z xalqining munosib farzandi bo‘lib voyaga yetishiga, nafaqat oilasiga, balki butun maamlakatga yanada farovonlik olib kelishiga umid bildirdi. 

Bolaning onasi tabrik uchun minnatdorlik bildirib, davlat rahbaridan yangi tug‘ilgan farzandiga ism qo‘yishni so‘radi. Prezident Sadir Japarov bolaga “taraqqiyot va farovonlik timsoli” bo‘lgan Jakshilik (Yaxshilik) ismini qo‘yishni taklif qildi. 

Qirg‘izistonning 7 millioninchi fuqarosining depozit hisobvarag‘iga davlat hisobidan 1 million som, taqriban 12156,69 AQSH dollari o‘tkaziladi. Bola ushbu puldan voyaga yetganidan keyin foydalanishi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

1187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing