Qirg‘izistonliklarga Isroil va Livanga bormaslik tavsiya qilindi
Olam
−
25 iyun
2641Qirg‘iziston hukumati respublika fuqarolariga Livan va Isroilga bormaslikni tavsiya qildi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.
“Isroil-Livan chegarasida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan vazirlik Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga ushbu davlatlarga sayohat qilishdan bosh tortishni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.
Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Livandagi qirg‘izistonliklarga “vaziyat barqarorlashguncha o‘z xavfsizlik choralarini kuchaytirishni” tavsiya qildi.
Vazirlikning eslatishicha, favqulodda aloqalar uchun Qirg‘izistonning Quvayt va Turkiyadagi elchixonalarida ishonch telefonlari mavjud bo‘lib, ular orqali Qirg‘iziston fuqarolari “kerak bo‘lsa, yordam yoki maslahat so‘rashlari mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil o‘z harbiylarining bir qismini shimolga – “Hizbulloh” harakati bilan zarbalar almashinadigan Livan bilan chegaraga “mudofaa maqsadida” o‘tkazishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi