Qirg‘izistonliklarga Isroil va Livanga bormaslik tavsiya etildi
Olam
−
01 avgust 2024
2358Bugun, 1 avgust kuni Qirg‘iziston hukumati Isroil va Livandagi vaziyat yomonlashgani sababli o‘z fuqarolariga vaqtinchalik bu davlatlarga sayohat qilmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan vazirlik Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga Isroil va Livan Respublikasiga sayohat qilmasliklarini va mintaqadagi vaziyat barqarorlashgunga qadar o‘z xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya qildi ”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, zarur hollarda respublika fuqarolari Qirg‘izistonning Yaqin Sharq mamlakatlari va Turkiyadagi elchixonalari va konsulliklaridan yordam so‘rashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlikning kuchayishiga olib kelishi xabar qilingandi.
Zumrad Zaripova
LiveBarchasi