Qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbek murabbiyi taqdirlandi

Sport

image

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o‘g‘liga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.

 “Chingiz Aytmatov nomidagi Issiqko‘l forumi” xalqaro jamoat birlashmasi bosh kotibi Assol Moldokmatovaning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik murabbiyni insoniylik, bag‘rikenglik va xalq diplomatiyasining yuksak saviyasi uchun mukofotlash to‘g‘risidagi qaror 5 avgust kuni qabul qilingan.

“Akmalga insoniyligi hamda birodarlik munosabati uchun rahmat. Biz buni qadrlaymiz, hurmat qilamiz va qoyil qolamiz. Qirg‘izistonga kelishingizni intiqlik bilan kutamiz. Siz barcha maqtov va mukofotlarga loyiqsiz”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida 4 avgustga o‘tar kechasi qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o‘g‘li amerikalik Harvey Jahmalga qarshi chorak final jangini o‘tkazib, yarim finalga chiqqandi. Jang davomida unga O‘zbekiston delegatsiyasidan borgan murabbiy Akmal Hasanov sekundantlik qilgan.

Munarbekning shaxsiy murabbiyi Beganas Sultanbayev esa jangni ekran orqali tomosha qilgan. Murabbiy Sultanbayev akkreditatsiya muammolari sabab Parijga bora olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston boks sekundant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing