Qirg‘izistondan O‘zbekistonga chorva va kartoshka yetkazib berish boshlandi
Olam
−
07 dekabr 2019 12407 1 daqiqa
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga chorva mollari va kartoshka yetkazib berish boshlandi. Bu haqda “Kabar” xabar berdi.
Qirg‘izistonning O‘zbekstondagi elchixonasining faol hamkorligida kelishuvga asosan yirik va mayda shohli chorva mollari yetkazib berish boshlangan. Umumiy summasi 1,2 mln AQSH dollari bo‘lgan chorva mollari “Dostuk-avtodorojnыy” nazorat-o‘tkazish punkti orqali yetkazib berilyapti.
Bundan tashqari, kelishuvga asosan O‘zbekistonga umumiy summasi 1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan kartoshka yetkazi berish ham boshlangan. Yaqin vaqtlarda olma eksporti ham boshlanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust