Qirg‘izistondagi konda ishchilar zaharlandi. Qurbonlar soni ortib bormoqda

Olam

image

Qirg‘izistonning janubidagi Batken viloyatidagi ko‘mir konida uglerod oksidi bilan zaharlanish oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 24 iyun kuni respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

“Botken viloyati, Sulukta shahridagi “Kenchilar-Bereke” kompaniyasiga tegishli ko‘mir konlaridan birida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Zaharlanish miqdori juda kuchli. Voqealar rivoji o‘rganilmoqda. Vafot etganlar soni ortishi mumkin”, deyiladi bayonotda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, halokat sababi "gazning sizib chiqishi” bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 1986 yilda tug‘ilgan ayol ham bor.

"Konchilarning jasadlari Sulukta shahridagi 1-sonli tog‘-qutqaruv otryadining xodimlari tomonidan aniqlandi", deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing