Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonga sezildi
Olam
−
26 avgust 4167 1 daqiqa
Bugun, 26 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 15:31 da Qirg‘iz Respublikasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 287 km janubiy-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 5 ball. Magnitudasi 4,1. Chuqurligi: 10 km. Epitsentr: Botken, Qirg‘iz Respublikasi. Koordinatalari 39,79 shimoliy kenglik, 72 sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Quvasoy shahrida 2 ball, 57 km;
Farg‘ona tumanida 2 ball, 61 km;
Farg‘ona shahrida 2 ball, 68 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qirg‘izistonda 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi