Qirg‘izistonda yana bir deputatning “Salimboyvachcha” bilan aloqasi aniqlandi (video)
Olam
−
04 Sentabr
6752Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida Suzoq tumanida yashovchi fuqaro – qishloq fuqarolar yig‘inining sobiq deputati bilan uyushgan jinoiy guruh aloqasi borligi yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1984 yilda tug‘ilgan U.Sh. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, uyushgan jinoiy guruh mafkurasidan voz kechish majburiyati olingan. Avvalroq uning ijtimoiy tarmoqlarda “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik kriminal avtoritet – Salim Abduvaliyev bilan tushgan surati paydo bo‘lgan edi.
Tushuntirish ishlaridan so‘ng U.Sh. jinoiy aloqadan voz kechgan va Qirg‘iziston Respublikasining rejalashtirilgan siyosiy yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining qayd etishicha, U.Sh. avvallari Suzoq qishloq kengashi deputati bo‘lgan va 2023 yil dekabr oyida Suzoq qishloq hokimiyati binosiga yer bilan firibgarlikka aloqadorligi haqidagi dalillarni qismlarga ajratib yo‘q qilish maqsadida qasddan o‘t qo‘ygani uchun 100 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida jarimaga tortilgan. Shu bilan birga, U.Sh. yonib ketgan binoni ta’mirlash uchun ajratilgan 6 million qirg‘iz so‘mi miqdoridagi zararni qoplagan.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevni qidiruvga bergan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida O‘zbekistonning yirik tadbirkorlaridan biri Salim Qirg‘izboyevich Abduvaliyev tomonidan “Birodarlar davrasi” xalqaro jinoiy guruhi tarkibiga kirgan Qamchibek Asanbek (“Kolya Qirg‘iz”) uyushgan jinoiy guruhi faoliyatini moliyalashtirish faktlari aniqlangan. Yig‘ilgan materiallar asosida Bishkek shahar Oktyabr tuman sudi qarori bilan Salimboy Abduvaliyevga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan va u ham davlatlararo, ham Interpol Milliy markaziy byurosi orqali qidiruvga berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uyushgan jinoiy guruhlarni moliyalashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida Qirg‘iziston Jogorku Keneshning sobiq deputati Nurgazi Adirayevich Aydarov qidiruvga berilgandi. Aydarov xalqaro uyushgan jinoiy guruhlar a’zolari, jumladan, “Salimboyvachcha”ning faoliyatini moliyalashtirish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, Qirg‘izistonning Qizil-Qiya shahrida Salim Abduvaliyev tarafdori bo‘lgan yana shaxs qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr