Qirg‘izistonda O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi avtomobil zavodining qurilishi boshlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligidagi yengil avtomobillarni yig‘ish va ishlab chiqarish zavodining qurilishi boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi axborot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, zavodning ishlab chiqarish quvvati dastlabki bosqichda yiliga 10 ming dona avtomobilni tashkil etadi hamda mingdan ortiq doimiy ish o‘rni yaratiladi.

“Bugun Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zaro tashriflar amalga oshirilmoqda, bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga oid kelishuvlar bilan tasdiqlanadi. Bugungi kunda yengil avtomobillarni yig‘ish va ishlab chiqarish zavodini qurish uchun kapsulaning yotqizilishi buning isbotidir. Bu har ikki davlat uchun strategik ahamiyatga ega loyiha”, deydi Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning yanvar oyida Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi chog‘ida u yerda avtomobil ishlab chiqaradigan zavodni qurish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston avtomobil' zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing