Qirg‘izistonda o‘quvchilar axlat qutisidan chaqaloq topdi
Olam
−
29 yanvar
5265Kecha, 28 yanvar kuni Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida maktab o‘quvchilari axlat qutisida qolgan chaqaloqni topdi. Bu haqda Lenin tumani Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati manbalariga tayangan holda “24.kg” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa shaharning Intergelpo ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bola sumkaga o‘ralgan va axlat qutisiga tashlangan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan chaqaloq onasining shaxsini aniqlash maqsadida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Nashrga ko‘ra, topilgan chaqaloqning jinsi qiz bola. Hozir u shahar bolalar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar bolaning erta tug‘ilganini va unda gipotermiya kasalligi borligini aniqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida ham bozorpaket ichida yangi tug‘ilgan chaqaloq topilgan edi. Dastlab paket harakatlana boshlagan. So‘ng uning ichidan bolaning yig‘isi eshitilgan. Borib qaralganda paket ichidan bir kunlik chaqaloq topilgan.
Sara Komiljonova
LiveBarchasi
Trenddagilar


