Qirg‘izistonda to‘y va ma’rakalarda isrofgarchilik qilganlar jarimaga tortilishi mumkin
Olam
−
28 yanvar
2350Kecha, 27 yanvar kuni Qirg‘izistonning Jogorku Kenesh “An’analar, marosimlar va bayramlarni o‘tkazishda isrofgarchilikni cheklash to‘g‘risida”gi va “Qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi. Bu haqda AKI press xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qonun loyihalari tashabbuskorlari – deputatlar Zamirbek Mamasadiqov va Shairbek Tashiyev sanaladi.
Ularga ko‘ra, qonun loyihasidan ko‘zlangan maqsad urf-odatlar, marosimlar va bayramlarni o‘tkazishda ortiqcha sarf-xarajatlarni cheklashdan iborat.
“Qonun loyihasi an’ana va marosimlarda o‘z daromadini ko‘rsatish maqsadini ko‘zlab, asossiz raqobat va quruq g‘ururlanish vositasiga aylanib borayotgan milliy madaniyatning asl qadriyatlaridan uzoqlashish holatlariga barham berishga qaratilgan”, deyiladi xabarda.
Qonun loyihasida “Qirg‘iziston Respublikasida urf-odatlar, marosimlar va tantanalarni o‘tkazishda isrofgarchilikni cheklash to‘g‘risida”gi yangi qonun qabul qilinishi hamda huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish ko‘zda tutilgan.
Qonunbuzarliklar kodeksiga quyidagi yangi modda taklif etilmoqda:
Oilaviy bayramlar va urf-odatlarni o‘tkazishda ijtimoiy manfaatlarni ta’minlash qoidalarini buzish 138-1-modda.
1. Oilaviy tantanalar va urf-odatlarni tashkil etish hamda o‘tkazish uchun mas’ul shaxslar tomonidan isrofgarchilik sohasidagi qonuniy talablarning buzilishi;
- jismoniy shaxsga (bayram egasiga) 3000 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi miqdorida jarima solish;
- yuridik shaxs (ovqatlanish korxonalari) uchun 1000 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi miqdorida jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
2. Dafn etish marosimlari va xotira kunlarini nishonlash marosimlarini tashkil etish va o‘tkazishda mas’ul shaxslar tomonidan isrofgarchilik sohasidagi qonunchilik talablarini buzish vakolatli organ tomonidan eng kam oylik ish haqining 2000 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasining diniy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi.
LiveBarchasi