Qirg‘izistonda tog‘ cho‘qqisiga SHHT nomi berildi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Chuy viloyatidagi balandligi 4050 metr bo‘lgan nomsiz tog‘ cho‘qqisiga “Shanxay hamkorlik tashkiloti cho‘qqisi” nomini berish to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, geografik nom davlat rahbarining farmoni bilan Chuy viloyati Alamudun tumanidagi “Ola-archa” davlat tabiiy bog‘ida joylashgan tog‘ cho‘qqisiga beriladi.

Farmon Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganining 25 yilligi hamda 2026 yilda Qirg‘izistonda SHHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazilayotgani munosabati bilan qabul qilingan.

Hujjatga ko‘ra, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda 4050 metr balandlikdagi nomsiz tog‘ cho‘qqisiga “Shanxay hamkorlik tashkiloti cho‘qqisi” geografik nomini berish masalasini ko‘rib chiqishi kerak.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish va uni Qirg‘iziston Jogorku Keneshi muhokamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.

SHHTga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, bugun, 1 sentyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining 25 yilligiga bag‘ishlangan sammit rasman start oldi. Sammitda SHHTga a’zo barcha 10 davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti nafaqat Yevrosiyo, balki butun dunyodagi eng yirik mintaqaviy birlashma ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing