Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 02:40 da Qirg‘izistonda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 284 km janubiy-sharqda, Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyatida joylashgan.

Vaqti: 02:40:50 25.07.2025

Magnituda: 3,6

Chuqurligi: 15 km

Koordinatalari: 41,11 N, 72,61 E

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 22 km.

Izboskan tumanida 2 ball, 37 km.

Andijon tumanida 2 ball, 38 km.

Jalaquduq tumanida 2 ball, 42 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda 3,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi va u O‘zbekistonda ham sezilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing