Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonga sezildi
Jamiyat
−
21 iyul 7602 1 daqiqa
Bugun, 21 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 10:38 da Qirg‘izistonda 3,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 348 km janubiy-sharqda, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatida joylashgan.
Vaqti: 10:38:49 21.07.2025
Magnituda: 3,7
Chuqurligi: 10 km
Koordinatalari: 40,66 N, 73,28 E
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball,18 km.
Andijon viloyatining Xonobod tumanida 2-3 ball, 29 km.
Andijon viloyatining Qo‘rgontepa tumanida 2 ball, 36 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida 3,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi