Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada ham sezildi
Jamiyat
−
24 avgust
2907Bugun, 24 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:33 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 39,82 gradus shimoliy kenglik; 71,39 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 244 km janubi-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- So‘x tumanida 2-3 ball, 37 km;
- Farg‘ona tumanida 2 ball, 61 km;
- Rishton tumanida 2 ball, 62 km;
- Farg‘ona shahrida 2 ball, 71 km;
- Quvasoy shahrida 2 ball, 72 km;
- Oltiariq tumanida 2 ball, 72 km;
- O‘zbekiston tumanida 2 ball, 73 km;
- Bag‘dod tumanida 2 ball, 76 km;
- Marg‘ilon shahrida 2 ball, 76 km.
LiveBarchasi