Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy maqomi saqlab qolinadi – Japarov

Olam

image

Qirg‘izistonda rus tili o‘zining rasmiy maqomini saqlab qoladi. Bu haqda mamlakat prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan Sadir Japarov "Rossiya 24"ga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

"Biz Rossiya bilan birodarlar singari munosabatdamiz. Biz yuqori diplomatik munosabatlarni davom ettiramiz. Rossiyasiz biz uchun ham iqtisodiy, ham geosiyosiy jihatdan qiyin bo‘ladi. Qirg‘izistonning barcha fuqarolari buni biladi. Rossiya Qirg‘izistonning asosiy strategik sherigi bo‘lib qoladi", degan Japarov. 

2020 yil noyabr oyida Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy kengashi a’zosi Sadirdin Toraliyev mamlakatda rus tilini rasmiy maqomidan mahrum qilishni taklif qilgan edi. U yoshlar qirg‘iz tilida gaplashishni to‘xtatganini bunga sabab qilib ko‘rsatgandi. 

Keyinroq, Konstitutsiyaviy kengash rus tili rasmiy til sifatida qoldirilishini ma’lum qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu lavozim uchun jami 17 nafar nomzod bellashdi. Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda nomzod Sadir Japarov salkam 80 foiz ovoz to‘plab, prezidentlik poygasining yetakchisiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston rus tili

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing