Qirg‘izistonda ruli o‘ng tomonda bo‘lgan taksilar harakati taqiqlanadi
Olam
−
23 fevral
4022Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tijorat maqsadlarida tashish uchun ruli o‘ng tomonda bo‘lgan avtomashinalardan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu hujjat yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ishtirokida og‘ir oqibatlarga olib keladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va transport faoliyatini nazorat qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalari ishtirokida 276 ta YTH sodir bo‘lib, ularda 24 kishi halok bo‘lgan, 619 kishi jarohatlangan.
Shundan kelib chiqib, Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi avtotransport vositalari ishtirokida og‘ir oqibatlarga olib keladigan "avariya"larning oldini olish maqsadida, tezlikni cheklashdan tashqari o‘ng tomon boshqaruvli taksilar harakatini to‘xtatish taklif etilgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi