Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari sanasi o‘zgardi

Olam

image

Jogorku Kenesh (parlament) reglamentida Qirg‘iziston prezidentining navbatdagi saylovlari sanasi o‘zgartirildi. Hujjatda oktyabr oyining 3-yakshanbasi o‘rniga endi yanvarning 4-chorshanbasi ko‘rsatilgan. Tuzatishlar haqidagi hujjatni davlat rahbari Sadir Japarov imzolagan.

Qayd etilishicha, tuzatish reglamentning 132-moddasiga tegishli. Saylov sanasi avvalroq ko‘chirilgandi – u saylovlar to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlab qo‘yilgan edi. Biroq Jogorku Kenesh reglamentida avvalgi shakllantirish saqlanib qolgan. Endi hujjatlar bir-biriga muvofiqlashtirilgan.

Saylov to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, navbatdagi ovoz berish amaldagi prezidentning vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyidagi 4-chorshanbasida o‘tkaziladi. 2027 yilda bu 27 yanvarga to‘g‘ri keladi. Parlament saylovlarni ovoz berish kuniga kamida to‘rt oy qolganda tayinlashi kerak.

Reglamentga tuzatish kiritish to‘g‘risidagi qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda oxirgi prezidentlik saylovi 2020 yil oktyabr oyidagi parlament saylovlaridan so‘ng yuzaga kelgan siyosiy inqiroz va sobiq prezident Sooronbay Jeenbekovning iste’fosi ortidan 2021 yil 10 yanvarda muddatidan ilgari o‘tkazilgan edi. Ushbu saylovda saylovchilarning 39,7 foizi ishtirok etgan va unda Sadir Japarov 79,2 foiz ovoz to‘plab, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan. Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yil 27 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti va Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputatlari saylovi to‘g‘risida”gi Qirg‘iziston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi konstitutsiyaviy qonunni imzolagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing