Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Olam

image

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi. 

Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

“Diniy mazmundagi so‘zlar, atamalar, ta’riflar ro‘yxati va ulardan foydalanish tartibi Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”, deyiladi tuzatishlarda.

Jogorku Kenesh hujjatni 27 iyun kuni qabul qilgan. “Kaktus.kg” qonun loyihasi tashabbuskori deputat Marlen Mamataliyev ekanini yozdi. Uning tushuntirishicha, moliyaviy piramidalar tashkilotchilari diniy nomlardan foydalanadi, dinga murojaat qilish esa yuridik shaxsning ishonchliligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otadi.

Deputat misol tariqasida 14 ta uy-joy kooperativi tashkilotchilari, jumladan, “Ixsan Grup LTD”, “Muslim”, “Amanat” va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarini keltirdi. Bungacha mamlakatda uy-joy kooperativlari faoliyatiga qarshi bir necha bor mitinglar o‘tkazilgan, ularning hissadorlari mablag‘larini qaytarishni talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing