Qirg‘izistonda davlat tili bo‘yicha muhim qonun loyihasi qabul qilindi
Olam
−
31 may 2023
6405Bugun, 31 may kuni Qirg‘izistonda Jo‘qorg‘u Kenesh yig‘ilishida deputatlar “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan davlat tashkilotlarida ishlaydigan xodimlar qirg‘iz tilini bilishi shart etib belgilandi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, konstitutsiyaviy loyiha uchun 69 deputat ovoz bergan. Hech kim qarshilik qilmagan.
Parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev hamkasblariga minnatdorlik bildirib, tarixiy qonun loyihasi qabul qilinganini ta’kidlagan.
“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun loyihasida qirg‘iz tilidan foydalanishning huquqiy asoslari, til siyosatini amalga oshirish, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiyatlari belgilab berilgan.
Shuningdek, davlat tilini bilishi va o‘z xizmat vazifalarini bajarishda undan foydalanishi shart bo‘lgan shaxslar ro‘yxati belgilangan. Jumladan, davlat va munitsipal xizmatchilar, deputatlar, harbiylar, sudyalar, barcha mulkchilik shaklidagi ta’lim muassasalari, davlat va shahar sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari va xodimlari, o‘qituvchi va olimlar qirg‘iz tilini bilmasdan xizmat vazifasini bajara olmaydi.
LiveBarchasi