Qirg‘izistonda dafn marosimi bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar ishlab chiqildi

Olam

image

Qirg‘izistonda davlat xizmati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan fuqarolarni dafn etish va qabr toshlarini o‘rnatish tartibi bo‘yicha yangi yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Bu haqda “24.kg” xabar берди.

Departamentning aniqlik kiritishicha, Dafn etish ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xizmat hozirda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, yodgorlik o‘rnatishga ruxsat bergan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, granit, marmar va boshqa qimmatbaho toshlardan (olmos, zumrad, yoqut, aleksandrit, tabiiy marvarid va boshqa xomashyolardan) hashamatli yodgorlik va qabr toshlarini, shuningdek, to‘siqlarni qurish hamda o‘rnatish taqiqlanadi.

Qabr yodgorliklarining balandligi 0,70 metrdan oshmasligi kerak.

“Agar zarurat bo‘lmasa, qabr ustiga panjara qo‘ymaslik kerak. Biroq, agar kerak bo‘lsa, yog‘och va metall materiallardan kamtarona panjara yasashga ruxsat beriladi, bu esa isrofgarchilik va ortiqcha narsalarga yo‘l qo‘ymaydi”, deyilgan xabarda.

Yodgorlikda marhumning ismi, familiyasi, tug‘ilgan yili va vafoti ko‘rsatilgan holda aniq shriftda yozilishi kerak. Marhumning diniga mos keladigan epitaflar va diniy belgilarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Biroq jamoatchilik odob-axloq va tartib qoidalariga zid bo‘lgan elementlarni o‘z ichiga olgan yodgorlik belgilaridan foydalanish taqiqlanadi.

Ma’lumot uchun, Prezident Sadir Japarov joriy yilning oktyabr oyida “Dafn etish va dafn etish ishlari to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirishga qaratilgan qarorni imzolagandi. Mazkur qonunga ko‘ra, har bir fuqaro o‘z vasiyatiga, urf-odatlari va diniy marosimlariga muvofiq dafn etish huquqiga ega. Dafn etish diniy an’analarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi va umume’tirof etilgan axloqiy tamoyillarga zid bo‘lmasligi kerak.

Hujjatda aytilishicha, aholisining aksariyati islom diniga e’tiqod qiladigan Qirg‘izistonda dafn bilan bog‘liq o‘ziga xos marosim va qoidalar mavjud. Biroq, zamonaviy jamiyatda isrofgarchilik, behudalik va boshqa odamlarning ijtimoiy mavqeini mensimaslik mavjud. Marhumning yaqinlari ko‘pincha katta maqbaralar qurib, hashamatli yodgorliklar o‘rnatadi, bu esa aholining noroziligiga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston dafn etish qabr toshlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing