Taxtning sobiq egalari Jeenbekov va Otunbayeva Japarovning yonida ko‘rinish berdi (foto)

Olam

image

Bugun, 7 aprel kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda “Aprel inqilobi” qurbonlari xotirasini yod etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatning amaldagi rahbari Sadir Japarov va sobiq Prezidentlar Roza Otunbayeva va Sooronbay Jeenbekov ham ko‘rinish berdi. 

“Ata-Beyit” milliy tarixiy-yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges raisi Talant Mamitov, Bosh vazir Ulug‘bek Maripov va Oliy sud raisi Nurgul Bakirova, sobiq prezidentlar Roza Otunbayeva va Sooronbay Jeenbekov ishtirok etdi. 

Ular 1916 yilda o‘ldirilganlar, 1937-1938 yillardagi siyosiy qatag‘on qurbonlari, 2010 yilgi aprel inqilobi qahramonlari va yozuvchi Chingiz Aytmatov qabri xotirasiga bag‘ishlangan yodgorliklarga gullar qo‘ydilar, shuningdek, ular xotirasiga tilovat qildilar.  

Bundan tashqari, Bishkekdagi "Ala-Too" markaziy maydonida 2002 yil Aksi voqealari va 2010 yil aprel voqealari paytida xalq ozodligi uchun qurbon bo‘lganlar xotirasi yodgorligi poyiga gullar qo‘yildi.

2010 yil 7 apreldadagi “Aprel xalq inqilobi”

Qirg‘izistondagi inqilob 2010 yil 7 aprelda hukumatga qarshi namoyishlar fonida yuz berdi, mamlakatning 100 ga yaqin aholisi o‘ldirildi. 

O‘sha davrdagi Qirg‘iziston Prezidenti Qurmanbek Bakiyev mamlakatni tark etib, Belarusda boshpana topdi. 

Roza Otunbayeva o‘tish davri ma’muriyatining rahbari bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sooronbay Jeenbekov Sadir Japarov Roza Otunbaeva

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing