Qirg‘izistonda aholi Kampirobodning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqyapti

Olam

image

Bugun, 15 oktyabr kuni Qirg‘izistonning O‘zgan viloyatida Kampirobod suv ombori atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan qurultoy bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda 23.kg saytida xabar berildi.

Unda mamlakat Prezidentining O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili Ziyadin Jamaldinov so‘z olib, qirg‘iz-o‘zbek chegarasi bo‘yicha muzokaralar bir yildan ortiq davom etayotganini eslatdi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, “vatanparvar”lar Kampirobod suv ombori masalasini nega endigina ko‘tarishga qaror qilgani tushunarsiz ekanini ta’kidladi.

“Menimcha, bugun mamlakatimizning barcha hududlaridan odamlar yig‘ilgan, oqsoqollar, vatanparvarlar yetib kelishgan. Lekin ular Kampirobod suv ombori atrofidagi vaziyatdan foydalanmasdan ertaroq yig‘ilishlari ham mumkin edi. Ular O‘sh viloyati muammolarini ovoz chiqarib aytib, hal qilishlari mumkin edi. Yangi hukumat chegara masalalarini hal qilishga va’da bergan”, deydi Ziyadin Jamaldinov.

Nashrga ko‘ra, mahalliy aholi amaldorga hushtakbozlik bilan javob qilib, unga nutqini davom ettirishga imkon bermadi. Natijada Ziyadin Jamaldinov sahnani tark etishga majbur bo‘lgan.

Mahalliy aholining fikricha, rasmiylar aytayotgan suv omborining 900-gorizonti Qizil-Oktyabr va Alg‘a qishlog‘ining ayrim qismlarini qamrab oladi va shunga mos ravishda qirg‘iz yerlari O‘zbekistonga o‘tashi. Ayni shu sababdan aholi kelshuvdan norozi.

Avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonga jami 19 ming gektardan ortiq yer olib, O‘zbekistonga esa Kempirobod suv ombori akvatoriyasidagi 4485 gektar yer berilishini ma’lum qilgandi. Suv omborini ikki davlat birgalikda boshqarishiga kelishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston Kampirobod

Baholaganlar

2139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing