Qirg‘izistonda 39 ta masjid va 21 ta madrasa yopildi

Olam

image

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 39 ta masjid va 21 madrasa yopildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib, AKIpress agentligi xabar berdi.

Yopilishga sabab sifatida ular joylashgan binolarning arxitektura va qurilish standartlariga mos kelmasligi hamda diniy ta’limning yagona standartlari yo‘qligi ko‘rsatilgan.

Aytilishicha, O‘sh viloyatida ham 39 ta diniy ob’ektlar va ibodat joylari jarimaga tortilgan, 18 ta xristian yo‘nalishidagi diniy ob’ektlarning ham faoliyati tekshirilgan. Aynan diniy ob’ektlarning arxitektura-qurilish va sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga e’tibor bermay, tartibsiz qurilishi, shuningdek, diniy ta’lim muassasalarida yagona ta’lim standartlari mavjud emasligi mintaqada radikal ekstremistik mafkuraning tarqalishiga hissa qo‘shib, diniy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omilga aylangan.

Shuningdek, “E’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzgan, arxitektura-qurilish, sanitariya-epidemiologiya me’yorlari va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 48 ta masjid va 40 ta madrasaga nisbatan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan. 

Ma’lumot uchun, diniy ob’ektlarni tekshirayotgan guruh tarkibida maxsus xizmatlar, politsiya, Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimiyati va Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi vakillari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston masjid madrasa O'sh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing