Qirg‘izistonda 23 yashar yigit harbiylarni portlatib yubormoqchi bo‘ldi
Olam
−
02 yanvar 2021
11713Qirg‘iziston maxsus xizmati harbiy qismda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan erkakni hibsga oldi. Bu haqda Respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan.
"Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining qo‘shni davlatlardan birining maxsus xizmatlari bilan birgalikdagi faoliyati natijasida Qirg‘iziston hududida terroristik harakatning oldini olish mumkin bo‘ldi", deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, hibsga olingan shaxs Qirg‘iziston fuqarosi. U 1998 yilda tug‘ilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z rejalarini qo‘lbola portlovchi moslama bilan amalga oshirishni rejalashtirgan.
Avvalroq, Rossiyada terakt tayyorlayotgan 17 yoshli o‘smir qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi