Qirg‘izistonda “Hizb ut-Tahrir” rahbarlaridan biri ushlandi

3-sahifa

image
Farg‘onada “Hizb ut-Tahrir”ning yashirin guruhi a’zolari ushlandi (video) north_east

Farg‘onada “Hizb ut-Tahrir”ning yashirin guruhi a’zolari ushlandi (video)

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Qirg‘izistonda “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkilotining a’zolaridan biri qo‘lga olindi. Bu haqda “24.kg”  xabar berdi.

U tashkilot yacheykalaridan birining rahbari bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan M.K. ismli ushbu shaxs ekstremistik g‘oyalarni tarqatib, o‘z safiga yangi tarafdorlarni jalb qilgan.

Aniqlanishicha, u ilgari ekstremistik faoliyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Uning yashash joyida tintuv o‘tkazilganda ekstremistik mazmundagi diniy adabiyotlar topilgan. Ayni paytda materiallar tegishli ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Qo‘lga olingan shaxs Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasiga joylashtirildi. Hozirda guruhning qolgan a’zolarini aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi fuqarolarning diniy ekstremistik tashkilotlar tuzishi va ular faoliyatida ishtirok etishi Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 330, 331 va 332-moddalarida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkilotining yirik bo‘linmasi, jumladan, uning rahbarlari hamda 22 a’zosi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston tergov Hizb ut-Tahrir ekstremistik tashkilot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing