Qirg‘izistonda ham zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 4 mart kuni Qirg‘izistonda ham zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Seysmologiya instituti xabar bermoqda.

Zilzila epimarkazi Qirg‘iziston hududida joylashgan: Cho‘lpon-Ota shahridan 35 km shimoli-g‘arbda, Olmaota shahridan 40 km janubda, Bishkek shahridan 190 km shimolda.
Mahalliy vaqt bilan soat 12:22 da sodir bo‘lgan zilzilaning kuchi epimarkazida 6 balli deb topilgan. Respublikaning aholi gavjum hududlarida zilzila intensivligi: Cho‘lpon-Ota shahrida – 4 ball, Bishkek shahrida, Qumtor konida, Qorako‘l shahrida – 3,5 ballni tashkil etgan.

Zilziladan bir necha soniya oldin telefonlarga 5,4 magnitudali zilzila kutilayotgani haqida xabar kelgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida ham zilzila sodir bo‘lgandi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Olmaota viloyatida zilzila kuchi 5 ball, Jetisu viloyatida 2 ballni tashkil etgan. O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida ham 2-3 balli zilzila bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing