Qirg‘izistonda ham Muhammad o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ism bo‘ldi
Olam
−
14:11
7172024 yil uchun Qirg‘izistonda mashhur bo‘lgan ismlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda “Kizmat” agentligining statistik ma’lumotlarida keltiriladi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tayotgan yilda Qirg‘izistonda Muhammad va Soliha ismlari yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Bu ismlar oxirgi uch yillikda ham reytingda birinchi bo‘lib kelmoqda.
Qayd etilishicha, erkak ismlari orasida Muhammad (7183), Umar (4335), Ali (3220), Amir (2861), Usmon (2285), Bilol (2224), Alixon (2178), Nurislom (1750) eng ko‘p qo‘yilgan.
Ayollar orasida esa Soliha (3 736), Aylin (3 655), Safiya (2 774), Amina (2 772), Fotima (2 738), Alia (2 588), Oysha (2 396), Rayana (2 305), Xadicha (2 247), Aruzat (2 108), Alfiya (2 013), Maryam (1 708), Osiyo (1 665), Yasmina (1 487), Dariya (1 461) ismlari keng tarqalgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Muhammad ismi Angliya va Uelsda ham o‘g‘il bolalar orasida eng mashhur ism bo‘lib, rasmiy reytingda Noah (Nuh)ni ortda qoldirgandi. O‘zbekistonda esa 2023 yil davomida qizlarga Soliha, o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismlari eng ko‘p qo‘yilgandi.
LiveBarchasi