Qirg‘iziston va Tojikiston yana 38 km chegara bo‘yicha kelishib oldi

Olam

image

Qirg‘iziston va Tojikiston yana 38,3 km chegara bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

“10-16 yanvar kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Botken viloyati Botken shahrida Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat delegatsiyalarining huquqiy masalalar bo‘yicha topografik ishchi guruhlari ishtirokida davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, do‘stlik va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolangan.

Shuningdek, Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvda qolgan hududlarni tavsiflash bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, bu mintaqada tomonlar Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va Tojikiston vakili Saymo‘min Yatimovning so‘zlariga ko‘ra, u qirg‘izistonlik hamkasbi Qamchibek Tashiyev bilan ikki asosiy masala delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha bir qarorga kelgan. 2023 yilning noyabr oyida tomonlar 18 km, dekabr oyida esa, 12 km chegara bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston chegara Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing