Qirg‘iziston O‘zbekistondan arzimagan pul evaziga elektr energiyasi import qildi
Jamiyat
−
17 iyul 2023
12714Oxirgi besh oyda Qirg‘iziston O‘zbekistondan 145,6 million kilovatt-soat elektr energiyasi import qilgan. Bu haqda mamlakat Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, “24.kg” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston O‘zbekistonga buning uchun atigi 1,2 ming som pul to‘lagan. Bu katta ehtimol bilan O‘zbekiston joriy yil yanvarida kuzatilgan anomal sovuq ob-havo paytida sarflagan va Qirg‘iziston energiya tizimiga yetkazib bermagan elektr energiyasini qaytarilishiga bog‘liq.
Umumiy hisobda, mazkur muddat oralig‘ida Qirg‘iziston 1 milliard 516,5 million kilovatt-soat elektr energiyasini import qilgan. Eng ko‘p elektr energiyasi Turkmaniston (652,4 million kilovatt-soat) va Qozog‘istondan (576,7 million kilovatt-soat) yetkazib berilgan. Ushbu mamlakatlardan yetkazib berish narxi kilovatt uchun 2,6 somni tashkil etgan.
Sotib olingan elektr energiyasi hajmi 40,2 million dollarga baholanmoqda. Bu import qilingan elektr energiyasining har bir kilovatt-soati 2,3 som turishini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Afg‘onistonga yana elektr energiyasi berishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Afg‘oniston tomoni “Surxon–Puli-Xumri” yo‘nalishi bo‘ylab elektr tarmog‘ini tortish masalalarini muhokama qilgan.
LiveBarchasi