Qirg‘iziston O‘zbekiston yordami bilan Turkiyada qolgan fuqarolarini qaytaryapti

Olam

image

Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgaan hududlarida qolayotgan Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekiston yordami bilan Bishkekka evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 9 fevral kuni Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Qirg‘iziston Respublikasining Turkiyadagi xorijiy vakolatxonalari Qirg‘iziston Respublikasining olti fuqarosini G‘oziantep shahridan evakuatsiya qilgan. 

Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining maxsus samolyotida Toshkent shahriga uchib keladi va u yerda ularni Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi xodimlari kutib oladi. 

Toshkentga yetib kelganidan so‘ng Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ularning vataniga qaytishiga yordam beradi. 

“Ayni vaqtda Qirg‘iziston Respublikasining Turkiyadagi vazirligi va xorijiy idoralari tabiiy ofat zonasida fuqarolarni evakuatsiya qilish va ularga yordam ko‘rsatish ishlarini davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing