Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarasini yopdi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston qo‘shni davlatlar bilan chegaralarini yopdi. Mamlakat Hukumatining bu haqdagi xabarnomasi O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasiga yuborilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Repsublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston va boshqa davlatlarning fuqarolari murojaat bilan chiqdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasiga Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining notasi kelib tushgan. Unda 2020 yil 1 martdan boshlab so‘nggi 30 kun ichida CoVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning o‘sishi va uning tarqalishi kuzatilayotgan davlatlarga borgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarning davlat chegarisidan o‘tkazish punktlari orqali ushbu Qirg‘izistonga kirishlari uchun joriy qilingan vaqtinchalik cheklashlar haqidagi Hukumat qarori to‘g‘risida xabar qilingan 

“Noqulay epidemiologik holat” kuzatilayotgan davlatlar ro‘yxati Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va muntazam yangilanib boriladi. 

Shu munosabati bilan TIV O‘zbekiston hududi orqali Qirg‘izistonga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston va boshqa davlatlarning fuqarolaridan Qirg‘iziston Hukumatining yuqorida aytib o‘tilgan qarorini hisobga olishni so‘raydi va Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga zarur holatlarda Bishkek shahridagi elchixonaga +996-312-986-296 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston koronavirus

Baholaganlar

835

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing