Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarani yopgani rad etildi
Jamiyat
−
13 mart 2020
6259Avvalroq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga asosan Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarani yopgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 13 mart kuni O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi chegara masalasida axborot noto‘g‘ri talqin qilingani va chegara yopilmaganini ma’lum qildi.
Elchixona konsulining ma’lum qilishicha, chegara yopilmagan. Qirg‘iziston hukumati 2020 yil 1 martdan boshlab so‘nggi 30 kun davomida koronavirus avj olgan davlatlarda bo‘lgan xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakat hududiga kirishini vaqtincha cheklagan.
Shu munosabat bilan 1 martdan keyin koronavirus avj olgan yoki keng tarqalayotgan mamlakatlarga bormagan o‘zbekistonliklar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Qirg‘izistonga borishi mumkin.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda koronavirus Xitoydan tashqari, Italiya, Janubiy Koreya, Eron, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlarda keng tarqalgan.