Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegarani kuchaytirmoqda

Olam

image

Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qirg‘iz-tojik va qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qo‘shimcha vaqtinchalik portlarni joylashtirdi. Hududda rejali razvedka va qidiruv tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqda “Anadolu” nashri Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Chegara xizmatiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonga Afg‘onistondan qochqinlar kelishi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq.

Qayd etish kerakki, Qirg‘iziston Afg‘oniston bilan bevosita chegaraga ega emas.

“Chegara xizmati Afg‘onistonda sodir bo‘layotgan voqealar, unga chegaradosh Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Qirg‘iziston chegara xizmati qo‘shni davlatlarning chegara tashkiloti bilan o‘zaro manfaatli ma’lumot almashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. O‘sha kuni Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing