Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarada tikanli sim o‘rnatishni boshladi

Olam

image

Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarada keng ko‘lamli muhandislik ishlarini boshladi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi chegara xizmatiga tayanib, “Economist.kg” xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, ishlar Botken viloyatida – Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegaralari tutashgan hududda boshlangan. Dastlabki nuqta sifatida uch davlat chegarasi belgilangan stela o‘rnatilgan ramziy nuqta tanlangan. Aynan shu yerda xavfsizlik va barqarorlikni oshirishga qaratilgan faol infratuzilma ishlarining asosiy bosqichi boshlangan.

Mazkur hududda zamonaviy dala lageri tashkil etilgan, maxsus texnika yetkazilgan, harbiy xizmatchilar uchun esa qulay yashash va xizmat sharoitlari yaratilgan.

“Ishlarning birinchi bosqichi doirasida 420 kilometr uzunlikdagi himoya to‘siqlari o‘rnatiladi. Ayrim uchastkalarda 3D-panjaralar, tikanli sim va “Yegoza” sim to‘rlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, chegara xavfsizligini ko‘p darajali tizimda mustahkamlash uchun tanklarga qarshi xandaqlar ham qaziladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Qirg‘iziston parlamenti Tojikiston bilan deyarli 23 yildan beri olib borilgan muzokaradan so‘ng chegara shartnomasini ratifikatsiya qilgandi. Bitim 13 mart kuni Bishkekda Qirg‘iziston davlati rahbari Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan imzolangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston chegara Qirg'iziston tikanli sim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing