Qirg‘iziston tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan qachon chiqishi aytildi
Olam
−
13 yanvar 2022
6209Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) guruhi tarkibida Qozog‘istonda tinchlikparvarlik missiyasida qatnashgan Qirg‘iziston Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari ertaga, 14 yanvar kuni mamlakatdan chiqib ketadi. Bu haqda Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.
“Tinchlikparvar harbiy kontingent 14 yanvar kuni Olma-otadan To‘qmoq shahridagi doimiy joylashtirish punktiga yetib keladi”, deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston 7 yanvar kuni KXSHT tarkibida Qozog‘istonga 150 nafar tinchlikparvar askarini jo‘natdi. O‘sha kuni Rossiya Aerokosmik kuchlari qo‘shni Respublikaga Mudofaa vazirligining “Skorpion” harbiy maxsus kuchlarini, shuningdek, 19 ta avtomobil va zirhli texnikani joylashtirdi.
Ma’lumot o‘rnida, KXSHT tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi.
Avvalroq, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondan olib chiqish 13 yanvar kuni boshlanib, 10 kun davom etishi haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari muammolari bo‘yicha ekspert Semyon Bagdasarov Qozog‘iston KXSHTdan bir martalik rezina mahsulotdek foydalanganini aytib, kelgusida yana mamlakatda shunday holat bo‘lsa, Rossiya mamlakatni tinchlantirishga kirmasligini aytgan edi.
LiveBarchasi