Qirg‘iziston rasmiylari jamoatchilikdan Qoraqalpog‘istondagi voqealarga aralashmaslikni so‘radi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rasmiy Bishkek jamoat faollari, blogerlar va boshqalardan Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘layotgan voqealar xususida turli provokatsion postlarni chop etmaslikni, voqealarga baho bermaslikni so‘ramoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Erbol Sultonboyev Qoraqalpog‘istondagi vaziyat fonida Qirg‘iziston xalqiga qilgan murojaatida aytgan. 

“Jamoat arboblari, fuqarolik faollari, blogerlar va boshqalarga murojaat qilib, turli provokatsion postlarni chop etmaslik, qo‘shni va boshqa mamlakatlarda bo‘layotgan voqealarga baho bermaslikni so‘raymiz”, deyiladi murojaatda. 

Sultonboyev Qirg‘izistonning boshqa birorta davlatning ichki ishlariga aralashishga haqqi yo‘qligini ta’kidlagan. 

"Xorijiy mamlakatlarda sodir bo‘layotgan barcha jarayonlar sof ularning ichki ishi. Shuning uchun ham yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga zid bo‘lgan noaniq fikr va baholarni e’lon qilishdan tiyilishingizni yana bir bor so‘raymiz", deydi matbuot kotibi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.

Shundan so‘ng, kecha, 2 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga yetib bordi va qoraqalpoq xalqi bilan muloqot qildi. 

Shuningdek, Prezident Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

289

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing