Qirg‘iziston mulozimi Wildberries omborlarini mamlakatga ko‘chirish taklifini berdi

Olam

image

Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Temir Sariyev tovar aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazish uchun Wildberries’ning logistika quvvatlari va omborlarining bir qismini Qirg‘iziston hududiga joylashtirishni taklif qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Sariyev bu taklifni Qirg‘iziston – Rossiya biznes kengashi yig‘ilishida bildirgan. U savdodagi asosiy to‘siqlar sifatida uchta muammoni ko‘rsatgan. 

Xususan, muammolardan biri byurokratiya va me’yorlar bo‘lib, markirovka va hujjatlardagi farqlar tadbirkorlarni qayta tekshiruvlardan o‘tishga majbur qilmoqda. Bundan tashqari, chegaralardagi kechikishlar ham sanitariya nazoratining muvofiqlashtirilmagani va navbatlar tovarlarning buzilishiga olib kelmoqda.

Shuningdek, muammolardan yana biri sifatida marketpleyslar bilan bog‘liq xavflar ham qayd etilgan. Ya’ni, buning ortidan Rossiyadagi Wildberries omborlarida yuz berayotgan favqulodda holatlar va yong‘inlar qirg‘izistonlik ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazyapti.

“Ombor infratuzilmasini Qirg‘izistonda joylashtirish – bu nafaqat iqtisodiyot, balki xavflarni diversifikatsiya qilish masalasi hamdir. Tovar bir joyda saqlanmasligi kerak”, degan Savdo-sanoat palatasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning eng yirik marketpleysi Wildberries Ukrainaning logistika markazlariga hujumlari ortidan Qozog‘istonda 100 ming kvadrat metrgacha ombor maydonlarini qidirayotgani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing