Qirg‘iziston Mudofaa vaziri o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Olam

image

Qirg‘iziston Mudofaa vaziri o‘rinbosari Emil Osmonov jinoiy ish bo‘yicha ayblanmoqda. Bu haqda “Sputnik Qirg‘iziston” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan tekshirilmoqda. Xavfsizlik xodimlari Emil Osmonovning ishxonasi va xizmat mashinasini muhrlab qo‘ygan. Mazkur ish yuzasidan “Kirgiz kural” davlat korxonasi xodimi va Mudofaa vazirligining xaridlar bo‘limi boshlig‘ini ham hibsga olgan.

Osmonovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqidagi ma’lumotlar hali rasman tasdiqlanmagan. Shuningdek, Qirg‘iziston Mudofaa vaziri o‘rinbosarining hibsga olinishi sabablari haqida ma’lumotlar mavjud emas.

Ma’lumot uchun, Emil Osmonov 1967 yil 3 iyunda Bishkekda tug‘ilgan. 1989 yilda Tula oliy artilleriyasi muhandislik maktabini tamomlagan. 2001-2020 yillarda Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat chegara xizmatida turli lavozimlarda xizmat qilgan. 2023 yil 22 noyabrda Qirg‘iziston Mudofaa vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori, muvaqqat hukumat a’zosi Azimbek Beknazarov razvedka xodimlari tomonidan o‘g‘rilik va pul yuvishda gumonlanib, hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Mudofaa vaziri o'rinbosari Emil Osmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing