Qirg‘iziston Xitoy bilan chegarani yopmoqchi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Xitoyda koronavirus tarqalishi favqulodda holat sifatida tan olingani va 20 ga yaqin mamlakatda bu virus bilan kasallanganlar aniqlangani sababli, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoy bilan chegarani yopishni taklif qilmoqda.

Shu bilan birga, respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi qo‘shni Xitoy bilan chegara qachon yopilishini aniqlashtirmadi.

Ushbu savolga Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining tezkor shtab-kvartirasi unda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish natijalari bo‘yicha javob berishi mumkin.

Xitoyda ushbu kasallikdan 213 kishi vafot etgan, 9356 kishida esa bu virus aniqlangan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

chegara Xitoy Qirg'iziston

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing