Qirg‘iziston qimmatbaho metallar eksportini yarim yilga cheklayapti

Olam

image

Qirg‘iziston hukumati mamlakatdan qimmatbaho metallar va tarkibida shunday moddalar bo‘lgan tovarlarni olti oy muddatga olib chiqishga cheklovlar joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Interfax” xabar berdi.

“Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida respublika hududidan qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan boshqa tovarlarni olti oy muddatga olib chiqishga miqdoriy cheklovlar joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Qaror zargarlik sanoatini himoya qilish hamda tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan xomashyoni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bo‘yicha zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab yetti kun o‘tgandan keyin kuchga kirishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning davlat qarzi qanchaga yetgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyi oxirida Qirg‘izistonning davlat qarzi (tashqi va ichki) 5 milliard 631 million dollarni tashkil qilgan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston eksport qimmatbaho metallar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing