Qirg‘izistonning davlat qarzi qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning yanvar oyi oxirida Qirg‘izistonning davlat qarzi (tashqi va ichki) 5 milliard 631 million dollarni tashkil qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Moliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur qarzning 4 milliard 520,67 million dollari tashqi qarz, 1 milliard 110 million dollari esa ichki qarzni tashkil etmoqda.

Oy davomida davlat qarzi darajasi 52,96 million dollarga oshgan. Tashqi qarz 41,21 million dollarga, ichki qarz esa 11,74 million dollarga ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar oyi oxirida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 52,33 foizni tashkil etgan.

Tashqi qarzning yarmidan ko‘pi (50,3 foizi) Qirg‘izistonning ko‘p tomonlama kreditlari – 2 milliard 273 million dollar. Yana 2 milliard 193 million dollar (tashqi qarzning 48,5 foizi) ikki tomonlama imtiyozli kreditlar doirasida hisoblangan. Ularning 39,5 foizi (1 milliard 785 million dollar) Xitoy eksport-import bankiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning davlat qarzi 2022 yilning 1 oktyabr holatiga 26,2 milliard AQSH dollarini yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 34,1 foizni tashkil etmoqda.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing