Qirg‘iziston fuqarolariga Suriyani tark etishni tavsiya qildi
Olam
−
10 dekabr
1365Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolariga Suriyadan chiqib ketishni tavsiya qildi. Bu haqda vazirlikka tayanib, “Kaktus media” xabar berdi.
“Holat barqarorlashgunga qadar vazirlik fuqarolarga Suriya Arab Respublikasi hududini tark etishni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Qirg‘iziston tomoni Suriyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etayotganini bildirgan.
Shuningdek, TIV Suriyada bo‘lib turgan Qirg‘iziston fuqarolariga har qanday vaqtda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilgandan so‘ng respublikaning chet davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalarida davlat bayrog‘i o‘zgartirilayotgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi