Qirg‘iziston Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
25 mart 2021
24055Avval xabar berganimizdek, bugun, 25 mart kuni Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov O‘zbekistonga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida Qirg‘iziston Bosh vazirini O‘zbekiston Hukumati rahbari Abdulla Aripov kutib oldi.
Tashrif doirasida Ulug‘bek Maripov ikki mamlakat o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
⠀
Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat ob’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.
Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi