Qirg‘iziston 3,5 tonna pistani O‘zbekistonga qaytardi
Jamiyat
−
14 avgust 2025 30596 1 daqiqa
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 3,5 tonna pista qadog‘ida majburiy belgilar bo‘lmagani uchun jo‘natuvchiga qaytarildi. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, joriy yil 11 avgust kuni Qirg‘iziston Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish, o‘simliklarni himoya qilish va karantini departamenti tomonidan davlat chegarasining Qirg‘iziston-O‘zbekiston uchastkasidagi “Do‘stuk” nazorat-o‘tkazish punktida nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga karantin fitosanitariya talablarini buzgan holda umumiy og‘irligi 3,5 tonnani tashkil etuvchi pista olib kirilgani aniqlangan.
“Karantindagi mahsulotlarning qadoqlarida majburiy belgilar bo‘lmagani bois yuk jo‘natuvchiga qaytarilgan”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, vazirlik har kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan olib yuriladigan qo‘l yuklarining o‘simliklar karantini sohasidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasligi bilan bog‘liq o‘rtacha besh-oltita holat qayd etilishini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, 2025 yilning iyul-avgust oylarida 60 ta shunday holat qayd etilib, ularning barchasi bo‘yicha tegishli dalolatnomalar tuzilgan.
Vazirlik karantin zararkunandalari va o‘simlik kasalliklarini olib kirish va tarqalishining oldini olish uchun fitosanitariya talablariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatib o‘tgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025